Uels malikasiga saraton tashxisi qo‘yildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 10:46
Uels malikasi Keyt Middlton qorin bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin unga saraton tashxisi qo‘yilganini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant’”. Ayni paytda u kimyoviy terapiya muolajasini olmoqda.

“Operasiya muvaffaqiyatli o‘tdi, lekin undan keyingi tahlillar saraton borligini ko‘rsatdi. Shifokorlar menga profilaktik kimyoviy terapiya kursini maslahat berishdi, hozir men davolanishning ilk bosqichida turibman”, — dedi Middlton X ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilgan videomurojaatida.

17 yanvar kuni Kensington saroyi Keyt Middlton qorin bo‘shlig‘ida jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun rejali ravishda kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandi. Shundan keyin OAVlarda uning salomatligi yomonlashgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan va uning jamoat tadbirlarida ko‘rinmay qolgani muhokama qilingan edi.

Mart boshida Kensington saroyi Uels malikasining jarrohlik amaliyotini o‘tkazganidan keyingi ilk rasmiy suratini e’lon qilgandi.

20 mart kuni esa Keyt Middlton uzoq vaqtlardan buyon birinchi marta shahzoda Uilyam bilan birgalikda omma oldida ko‘rinish berdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati