Rossiya va Xitoy AQShning G‘azo bo‘yicha rezolyusiyasiga veto qo‘ydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 10:44
Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida AQSh taklif qilgan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan rezolyusiyaga veto qo‘ydi. Bu haqda Azon Global nashri xabar berdi.

AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild rezolyusiyaga veto qo‘yilganidan afsusda ekanini aytib: “Rossiya va Xitoy AQSh taklif qilgan rezolyusiyaga shunchaki ovoz berishni xohlamadi”, - dedi.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya esa Amerika tashabbusini tanqid qilib, uni «ikkiyuzlamachilik» deb atadi hamda Rossiya bunday loyihani qo‘llab-quvvatlamasligini ta’kidladi.

“Biz bundan buyon o‘t ochishni to‘xtatish talablarini o‘z ichiga olmaydigan va bizni hech qayerga olib bormaydigan ma’nosiz rezolyusiyalarni qabul qilmasligimizni aytdik”, - deya aniqlik kiritdi u.

Nebenzya, shuningdek, Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zolari o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha aniq talablar bilan muqobil rezolyusiya loyihasini tayyorlaganini qayd etdi.

AQSh rezolyusiya loyihasida "tinch aholini har tomondan himoya qilish uchun zudlik bilan va barqaror sulh" zarurligi, gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlash hamda Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlangan.
The Washington Post gazetasining xabar berishicha, hujjatda G‘azoga yordam yetkazilishiga cheklovlar, tinch aholiga hujumlar va xalqaro qonunlar buzilishi tanqid qilinadi. Rezolyusiya, shuningdek, Rafahga hujum uyushtirmaslikka chaqiradi hamda “mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi” haqida ogohlantiradi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh bungacha uch marotaba Rossiya, BAA va Jazoir tomonidan tayyorlangan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi BMT rezolyusiyalari loyihalariga veto qo‘yish huquqidan foydalangan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati