• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekistonda Belarus seleksiyasining elita urug‘lik kartoshka navlari sinovdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda Belarus seleksiyasining elita urug‘lik kartoshka navlari sinovdan o‘tkaziladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 23
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 10:38
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Belarus qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri Sergey Bartosh bilan videokonferensaloqa tarzida muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida Belarus Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligi delegasiyasining O‘zbekistonga tashrifi davomida agrar sohaning ko‘pgina tarmoqlari bo‘yicha imzolangan hamkorlik qo‘shma loyihalarining amaliyotga tatbiq etishdagi bugungi kundagi ish jarayonlarining muhim masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Belarus bilan qishloq xo‘jaligi sohasida erishilgan kelishuvlar, jumladan, Toshkent viloyatida "Servolux" kompaniyasi bilan parranda go‘shti ishlab chiqarish va qayta ishlash loyihasini amalga oshirish, Samarqand viloyatida "Savushkin produkt" OAJ tomonidan sut mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, Belorus seleksiyasining elita urug‘lik kartoshka navlarini sinovdan o‘tkazish va in-vitro usulida virussiz yetishtirish masalalari xususida fikr almashdilar.

Bundan tashqari, O‘zbekiston hududida ko‘katlarning Belarus elita navlaridan foydalangan holda pitomnik va ko‘rgazmali maydon yaratish, qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-amaliy hamkorlikni faollashtirish, zig‘ir yetishtirishning agrotexnologiyasi va birlamchi urug‘chilik bo‘yicha yangi qo‘shma loyiha yaratish hamda baliq yetishtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarning muammo va kamchiliklari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarni amaliyotga joriy etilishini jadallashtirishga kelishib olindi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati