Vengriyadagi Sharqshunoslik institutida o‘zbek tili o‘qitilishi mumkin

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 10:30
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Budapeshtdagi Etvosh Lorand universiteti qoshidagi Sharqshunoslik instituti direktori Benedek Peri bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda «Dunyo» agentligi.

Suhbat chog‘ida institut direktori O‘zbekiston madaniy merosini targ‘ib qilish bo‘yicha O‘zbekiston tomoni bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan yuqori qiziqish bildirgan.

Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan yaqin hamkorlik qilish tajribasi muvaffaqiyatli bo‘lgani ta’kidlagan.

Vengriya tomoni mamlakatda katta qiziqish uyg‘otayotgan o‘zbek tilini o‘qitishni o‘zi rahbarlik qilayotgan Sharqshunoslik institutida tashkil etishda yordam berishga tayyorligini bildirgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati