AQSh Ukrainadan Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni to‘xtatishni so‘radi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 10:22
AQSh rasmiylari Ukrainani Rossiyaning energetika infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda axborot manbalariga tayanib, Financial Times xabar berdi.

Vashington Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga dronlar tomonidan berilgan zarbalar neftning jahon narxlari oshishiga olib kelishi, shuningdek, Moskva tomonidan javob choralarini qo‘zg‘atishi mumkinligidan xavotirda.

Nashrga ko‘ra, Amerika bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmati va Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasini bir necha bor ogohlantirgan. Ikkala bo‘linma ham urush boshlanganidan beri Rossiyaning quruqlikdagi, dengizdagi va havodagi nishonlariga zarba berish uchun o‘z dron dasturlarini doimiy ravishda kengaytirmoqda. Oq uy Ukraina dronlarining Rossiya g‘arbidagi neftni qayta ishlash zavodlari, terminallari, omborxonalariga qilgan hujumlaridan tobora norozi bo‘lmoqda.

Vashington Moskvaning davomli hujumlarga ehtimoliy javobidan ham xavotirda. Oq uyning fikricha, buning natijasida G‘arb tayanadigan energetika infratuzilmasi — masalan, Qozog‘iston nefti yetkazib beriladigan Kaspiy konsorsium quvuri zarar ko‘rishi mumkin.

Ukraina harbiy razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yildan beri Rossiyaning yirik neftni qayta ishlash zavodlariga kamida 12 ta (2024 yilda kamida to‘qqizta), shuningdek, bir nechta terminallar, omborlar va omborxonalarga hujum qilingan.

O‘tgan haftada Kiyev o‘zining eng yirik va keng tarqalgan ikkita dron hujumini amalga oshirdi, ular bir necha kun ketma-ket Rossiyaning yettita energetika ob’ektiga muvaffaqiyatli hujum qildi, — deb yozadi FT.
Ukraina maxsus xizmatlari, shuningdek, Qora dengizda Rossiya harbiy kemalariga qarshi harbiy-dengiz kuchlarining dron hujumlarini amalga oshirmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati