Qashqadaryoda sel yuvib ketgan ko‘prikda harakat qayta tiklandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 10:08
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Ayoqchi” qishlog‘idagi asosiy ko‘prikning bir qismini 21 mart kuni yoqqan yomg‘ir natijasida yuzaga kelgan sel yuvib ketgandi. Tuman hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda ko‘prikda transport vositalar harakati qayta tiklangan.

Kitob tumanining “Ayoqchisoy” daryosi ustidan o‘tuvchi 4K-271 Rusqishloq—Makrid—Minjir avtomobil yo‘lidagi uzunligi 47 metr bo‘lgan ko‘prikka tutash yo‘lning bir qismini suv yuvib ketgan. Hodisa oqibatida hech kim zarar ko‘rmagan. Voqea joyiga tezda tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda bir qator hamkor tashkilotlardan iborat tezkor guruh yetib borgan.

Avvalroq Samarqandda ham suv toshqini zarar yetkazgan ko‘prik qayta tiklangani ma’lum qilingandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati