Erga g‘amxo‘rlik: 25 mart kuni elektr energiyasini bir soatga o‘chiring!

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 10:02
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan yurtimizda 25 mart — “Er soati” kuni munosabati bilan maxsus aksiya o‘tkaziladi.

Shu kuni sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilish, tabiiy resurslarni asrash maqsadida barcha davlat tashkilotlarida elektr jihozlari bir soatga o‘chiriladi.

Hurmatli vatandoshlar! Sizni ushbu aksiyada ishtirok etishga va atigi 60 daqiqaga elektrni o‘chirishga taklif qilamiz. Bu bilan siz Yerning tabiiy boyliklarini asrab-avaylashga o‘z hissangizni qo‘shasiz va boshqalarni ham sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishga ruhlantirasiz.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati