Arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi xalq xizmatida

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 09:48
Bayram munosabati bilan viloyatimizning barcha hududlarida arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etilmoqda.

Ushbu savdo yarmarkalarida kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari aholiga maqbul narxlarda sotuvga qo‘yilgan. Rastalar har kuni yangi va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, salqin ichimliklar, go‘sht, guruch, umuman olganda, bayram dasturxoni uchun eng kerakli noz-ne’matlar bilan to‘ldirilmoqda.

Jumladan, Kogon shahar "Sohibkor dehqon bozori" da tashkil qilingan yarmarka ham aholi uchun zarur bo‘lgan meva-sabzavot, mol, qo‘y va tovuq go‘shtlari, baliq, tuxum, shakar, guruch, kartoshka, piyoz, qandolat kabi 24 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda sotilishi ta’minlanmoqda.

Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida bunday yarmarkalar mahallalarda ham tashkil etilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati