Itlarni o‘ldirish tabiatga zarar yetkazmaydi, shu rostmi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 09:40
X (Twitter) foydalanuvchisi Elyor Fayzulla o‘zining sahifasiga “Itning evolusion jihatdan tabiatga hech qanday aloqasi yo‘q. U tabiiy emas u ozuqa zanjirida ishtirok etmaydi shu sabab ularni qirilib ketishi tabiatga tasir qilmaydi. Aksincha kasalliklar kamayadi”, deb post qoldirgan. Biz esa ushbu ma’lumotni faktcheking qildik. Itlarning evolyusiya bilan aloqasi yo‘q degan da’vo noto‘g‘ri. Itlar bo‘rilarning xonakilashtirilgan avlodlari bo‘lib, bu jarayon ming yillar oldin boshlangan. Itlarni xonakilashtirish insoniyat tarixiga hamrohlik qilishdan tortib, ov qilish va chorvachilik kabi turli vazifalarni bajarishga qadar katta ta’sir ko‘rsatdi. Itlar insonlarning birinchi do‘sti va hamrohi bo‘lgan.

Tarixiy dalillar shuni ko‘rsatadiki, itlar insoniyat jamiyatlarida hal qiluvchi rol o‘ynagan, qishloq xo‘jaligiga, transportga hissa qo‘shgan va hatto qo‘riqchi vazifasini bajargan. Odamlar va itlar o‘rtasidagi aloqa vaqt o‘tishi bilan rivojlanib, ikkala turga ham ta’sir ko‘rsatgan.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati