Erkin agentlarni yoqtiradigan Realning keyingi nishoni aniq!

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 09:32
"Real" dunyo bo‘yicha transfer bozorida turli xil yo‘llar bilan futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oladigan kamli sonli klublardan biridir. Madridliklar goh Braziliya tomonlardan iste’dodlarni qidirib topadi, goh ayni paytdagi eng yaxshi futbolchilardan biriga qiziqish bildiradi, gohida esa shunchaki erkin agentlar bilan shartnoma imzolaydi. 3-variant so‘nggi yillarda foyda keltirmay qolmayapti. Jamoa hozirgi tarkibdan Antonio Ryudiger, David Alaba kabi o‘yinchilarni tekinga qo‘lga kiritgan. Shu bilan birga bu yozgi transferlar oynasida "qaymoqranglilar" futbol tarixidagi eng katta transferlardan birini amalga oshirmoqda (PSJga hech qancha to‘lamagan holda).

"Real" mana shu sistemada ishlashni davom ettiradi. Klubning keyingi maqsadi o‘ng qanot himoyachisi bilan shartnoma tuzishdir. Faqat bu yil emas, balki 2025 yilda Madrid jamoasi bu pozisiyaga futbolchi izlashni boshlaydi. Sababi, u vaqtda Dani Karvaxal 33 yoshga to‘lgan bo‘ladi va ushbu holat rahbariyatni biroz o‘ylantirmoqda. To‘g‘ri, ispaniyalik himoyachi uchun mavsum ajoyib o‘tmoqda. 31 ta o‘yin 5 ta gol va 5 ta assist uning hisobida mavjud, lekin Karvaxal yana bir mavsum mana shu darajada o‘ynab berishi taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari zaxira o‘yinchisi Lukas Vaskes bilan ham uzoq iyllik emas, bir yillik bitim tuzilmoqda.

"Real"ning o‘ng qanot himoyai uchun ko‘radigan variantlar orasida "Liverpul" vakili Trent Aleksandr-Arnold favorit, deya xabar beradi Insayder Matteo Moretto. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Qirollik klubi" fulbekni 2025 yilning yozida erkin agent sifatida o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Shuningdek, Yevropaning ko‘plab jamoalari ham "qizillar" bilan shartnomasi 2025 yilda tugaydigan inglizning holatini kuzatib bormoqda. Ayni paytda bitimni yangilash borasida hech qanday muzokaralar olib borilmayapti. Mersisaydliklar yangi shartnoma tuzilishini istaydi, lekin bu vaziyatda Arnoldning xohishi ko‘proq ahamiyat kasb etadi.

Trent "Liverpul" safida 300 tadan ziyod uchrashuvda ishtirok etib bo‘ldi. Akademiyadan chiqqan 25 yoshli futbolchining ketish payti kelgan bo‘lishi ham mumkin. Yana bir ajoyib mavsum va muxlislar qarsaklari ostida jamoani tark etish. Bu hozirgi vaqtda har bir futbolchi orzu qiladigan holatdir.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati