• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulligida ish beruvchi bilan muzokaralar o‘tkazildi

O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulligida ish beruvchi bilan muzokaralar o‘tkazildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 09:24
O‘zbekiston Bosh konsulligida Rostov-Don shahridagi "Chistiy gorod" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari uchrashuv muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston fuqarolarini xorijda munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash va tartibli, qonuniy mehnat migrasiyasini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

"Chistiy gorod" MCHJ rahbari korxona faoliyati, xorijiy ishchilar uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar va oylik maoshlari to‘g‘risida so‘zlab berdi. "Korxonada hozirgi kunda 100 nafar O‘zbekiston fuqarolari ishlayapti. Faoliyatimiz geografiyasi kengaygani sababli yana100 nafar ishchi kuchiga ehtiyoj bor. Xorijiy ishchi kuchini jalb etishda O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikka tayyormiz", - dedi u.

O‘z navbatida, Bosh konsulxona xodimlari O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda xorijga ishga jalb qilish tartibi va mazkur yo‘nalishda mamlakatimizning vakolatli bo‘lgan tashkilotlari haqida ma’lumot berdilar.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan masalalarni O‘zbekistonning tegishli davlat organlari bilan kelishish maqsadida alohida muzokaralar uyushtirish to‘g‘risida kelishib olindi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati