Sel yuvib ketgan ko‘prik bir kunda qayta tiklandi — FVV

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 08:48
FVV va "Avtoyo‘l" mutaxassislari mahalliy hokimiyat yordamida Navro‘z kuni sel yuvib ketgan ko‘prikni bir kunda qayta tiklashdi.

21 mart oqshomi qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Samarqand viloyati Urgut tumani Uzunsoy qishlog‘i hududida ko‘prik jiddiy shikastlangan edi. Bu qishloqqa olib boruvchi yagon yo‘l bo‘lgani sababli harakat jiddiy cheklandi. FVV mas’ul xodimlari, tuman hokimligi, FVB, IIB, "Avtoyo‘l" va boshqa tegishli xizmatlar zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida Uzunsoy qishlog‘idagi ko‘prik to‘liq tiklandi va avtotransport qatnovi ta’minlandi.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati