Jiruga VAR yoqmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 08:46
"Milan" va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olivye Jiru VARga munosabati haqida gapirdi. 37 yoshli futbolchining fikricha, videoyordamchi hakamlar tizimi sezilarli yaxshilanishlarga muhtoj.

“Kechirasiz, lekin VAR meni biroz bezovta qiladi. Takroriy lavhalarni tomosha qilish ko‘p vaqtni oladi, sizni kutishga majbur qiladi va noto‘g‘ri qarorlar hech qachon yo‘qolmaydi. O‘ylaymanki, biz futbolga spontanlik elementini qaytarish yo‘lini topishimiz kerak", - dedi forvard.

Olivye Jiru Fransiya terma jamoasi bilan tez orada ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi kerak. 23 mart kuni “uch ranglilar” Germaniyaga qarshi o‘ynaydi, uch kundan keyin esa Chili terma jamoasi bilan uchrashadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati