AQShning ogohlantirishlarini Putin shantaj deb hisoblagan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 08:42
AQSh ma’lumotlariga ko‘ra, "Crocus City Hall"dagi terakt ISHIDning Xuroson bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan.

"Amerikada ISHIDning Rossiyadagi faollashuvi haqida oldindan razvedka ma’lumotlari mavjud edi. Biz, taxminan, o‘tgan yilning oktyabridan buyon bu to‘g‘risida ma’lumot olayotgandik", — deydi amerikalik amaldorlardan biri The New York Times gazetasiga bergan intervyusida.

"AQShning Moskvadagi elchixonasi 7 mart kuni teraktlar ehtimoli haqida gapirgandi, bu AQSh razvedkasining Rossiyadagi ISHID faoliyati haqidagi ma’lumotlariga asoslangan edi", — deya tasdiqladi Washington Post manbalari. Amerika matbuotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar, ushbu bayonotlardan tashqari, Rossiya rasmiylarini shaxsan ham ogohlantirgan.

Ma’lumot uchun, bundan bir necha kun avval bir qator xorijiy mamlakatlar, jumladan, AQSH, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Shvesiya, Kanada va Boltiqbo‘yi elchixonalari Moskvada teraktlar ehtimollari haqida ogohlantirish e’lon qilgan edi.

3 kun oldin Putin ushbu bayonotlarni "ochiqdan-ochiq shantaj" va "Rossiya jamiyatini beqarorlashtirishga urinish" deb atadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati