Anvar G‘ofurov: Jamoa to‘g‘ri futbol o‘ynashga harakat qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 07:32
Moskvada SSKA “Bunyodkor” o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda “armiyachilar” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyin “Bunyodkor” murabbiyi Anvar G‘ofurov fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Qiziqarli o‘yin bo‘ldi, deb o‘ylayman. Yaxshi raqibga qarshi o‘ynadik. Yaxshigina dars bo‘ldi. Jamoa to‘g‘ri futbol o‘ynashga harakat qildi. Birinchi taymda futbolchilarda ishonch o‘zlariga kerakli darajada emasdi.

Tanaffusda ular bilan gaplashib, xotirjamroq o‘ynanglar deb tushuntirdik. Ikkinchi taymda mazmunli o‘yin ko‘rsatishga harakat qilishdi va buning uddasidan chiqdik, deb o‘ylayman. Kelgan muxlislardan xursand bo‘ldik. Ular yordam sifatida bizga muxlislik qilishdi. Ulardan minnatdormiz. Kelasi uchrashuvlarda yanada yaxshiroq va mazmunli o‘yin ko‘rsatishga hamda ijobiy natijalar qayd etishga harakat qilamiz", - dedi G‘ofurov.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati