Kubarsi Ispaniya futboli tarixiga o‘z nomini yozdirib qo‘ydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 05:50
"Barselona" markaziy himoyachisi Pau Kubarsi Ispaniya terma jamoasida debyut qildi.

17 yoshli futbolchi Kolumbiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvining 83-daqiqasida Eymerik Laport o‘rniga maydonga tushdi. Misterchip xabariga ko‘ra, Kubarsi Ispaniya terma jamoasi tarixidagi ikkinchi eng yosh debyutantga aylandi (17 yoshu 60 kun). U birinchi marta 17 yoshu 62 kunligida “Qizil furiya” safida o‘ynagan jamoadoshi Gavini ortda qoldirdi. Rekordchi "Barselona"ning yana bir amaldagi futbolchisi bo‘lib qolmoqda - Lamin Yamal (16 yoshu 57 kun).

Joriy mavsumda Pau Kubarsi Kataloniya grandining asosiy tarkibida 13 o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati