Botulizm: Yozda ovqatdan zaharlanmaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-06-2024, 13:40
Botulizm o‘tkir infeksion kasallik bo‘lib, uni Botulizm tayoqchasi (Clostridium) anaerob qo‘zg‘atadi. Tashqi muhit ta’sirlariga juda chidamli anaerob kislorodsiz sharoitda o‘sadigan mikroblar oilasiga mansub.

Botulizm umumiy infeksion intoksikasiya, oshqozon-ichak traktining buzilishi va nevrologik sindromlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu kasallik o‘ta xavfli va ko‘p hollarda o‘limga olib keladi. Botulizmning qo‘zg‘atuvchisi — Clostridium bakteriyasi uy sharoitida tayyorlangan dudlangan baliq va go‘sht, sabzavot va meva konservalari hamda yaralarda rivojlanadi.

Botulizm belgilari va kasallikning xavfli tomonlari

Botulizmning birinchi belgilari intoksikasiya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi: ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i. Zaiflik va bosh aylanishi kuzatiladi. Ba’zi bemorlar hushini yo‘qotishi ham mumkin. Qayt qilish va ich ketishi qisqa vaqt davom etib, nevrologik belgilar boshlanganidan so‘ng odatda yo‘qoladi. Keyin esa nerv tizimida buzilishlar sodir bo‘ladi, infeksiya bosh miya va orqa miyadan mushak to‘qimalariga o‘tadigan nerv impulslari bloklanadi. Natijada mushak tolalarining funksiyasi kamayadi yoki butunlay yo‘qoladi. Disfagiya (yutina olmaslik), dizartriya (nutqning buzilishi), dispnoe (nafas olishning buzilishi) vujudga keladi, ko‘z xiralashadi va oxir-oqibat qo‘l va oyoqlar falajlanadi.

Agar o‘z vaqtida tez tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, bemor nafas olish mushaklarining to‘xtashi tufayli halok bo‘lishi mumkin. Chunki butun tanadagi mushaklar ishdan chiqqach, bemor nafas ham ololmaydi.

Chaqaloqlarda botulizmning belgilari:
Botulizm qanday aniqlanadi?
Tashxis klinik tekshiruvdan orqali aniqlanadi. Ammo botulizm belgilari insult yoki Giyen-Barre sindromi bilan o‘xshash bo‘lishi mumkin. Bemorning qon va axlatida bakteriyalarni aniqlash uchun klinik tekshiruv o‘tkaziladi.
Davolash
Davolash yuqumli kasalliklarni davolashga ixtisoslashtirilgan shifoxonada amalga oshiriladi. Agar intoksikasiya belgilari yuzaga kelsa, darhol tez yordam chaqirish yoki yuqumli kasalliklar shifoxonasiga borish talab etiladi. Bemor aynan nimalar iste’mol qilganini shifokorga aytishi muhimdir. Botulizmni davolashning asosiy usuli zaharlanishni zararsizlantiradigan antidotni yuborishdan iborat.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati