Stouns Angliya terma jamoasida yangi pozisiyalarda harakat qilishga tayyor

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 05:28
"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stouns Angliya terma jamoasida o‘zini yangi rolda sinab ko‘rishga tayyorligini aytdi.

29 yoshli futbolchini Pep Gvardiola ko‘pincha yarim himoyachi pozisiyasida sinab ko‘radi. Jurnalistlar angliyalikdan terma jamoada xuddi shunday vazifalarni bajarishga tayyormi yoki yo‘qligini so‘rashdi:

“100% tayyorman. Men buni klubdagi kabi qilishni istardim. Ammo biz Garet Sautgeyt bilan bu haqda gaplashmadik va u qanday o‘ynashni xohlashini biladi. U har birimizning, jumladan, mening ham fazilatlarimizni biladi. Ehtimol, kelajakda biz buni muhokama qilamiz. Men terma jamoaga har qanday yo‘l bilan yordam berishga tayyorman", - deya Stounzdan iqtibos keltiradi Standard Sport.

Inglizlar shanba kuni Braziliya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi, seshanba kuni esa Belgiyadan kelgan raqiblariga qarshi maydonga tushadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati