ISHID-Xuroson Moskvadagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 05:22
Moskva yaqinidagi «Krokus siti holl» konsert zalida sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni ISHIDning Afg‘onistondagi bo‘linmasi — ISHID-Xuroson (ISHID-K) o‘z zimmasiga oldi, deb yozmoqda The New York Times. Bu ma’lumotni AQSh amaldorlari ham tasdiqladi.

Bir necha qurollangan shaxslarning konsert zaliga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Gazetaning yozishicha, AQSh mart oyida rejalashtirilgan terakt haqida razvedka ma’lumotlarini olgan. 7 mart kuni Qo‘shma Shtatlar ehtimoliy hujum haqida ommaviy ravishda ogohlantirgan, shuningdek, bu haqda Rossiya rasmiylariga ham yopiq tartibda xabar bergan.

«AQSh razvedka idoralari potensial hujumlar xavfidan xabardor bo‘lganlarida „ogohlantirish“ majburiyatiga ega», — deyiladi nashr xabarida. Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qancha ma’lumot uzatgani noma’lum.

AQSh aksilterror xizmatlari vakillaridan iqtibos keltirgan gazeta xabariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda Rossiyada ISHID a’zolarining faolligi kuzatilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati