«Crocus City Hall»ning hojatxonasida 10 dan ziyod insonning jasadi topilgan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 05:18
Dastlabki hisoblarga ko‘ra, 70 kishi halok bo‘lgan. Moskva oblasti sog‘liqni saqlash vazirligi terakt davomida turli darajada tan jarohati olgan 146 nafar jabrlanuvchining ro‘yxatini e’lon qildi. Ulardan 115 nafari kasalxonalarga joylashtirilgan. Ularning 5 nafar voyaga yetmagan bolalar. 60 nafar yoshi katta jabrlanuvchilar va bir nafar yosh bolaning ahvoli og‘ir. Yana to‘qqiz kishining ahvoli o‘ta kritik ekani ma’lum qilindi.

Jangarilar konsert zaliga o‘t qo‘yishgan. Yong‘in tezda bino bo‘ylab tarqala boshlagan. Olov qariyb 13 ming metr kvadrat maydonni qoplab olgan. Binoning oynavand fasadi va tomi qulab tushgan. Yong‘inni o‘chirishga vertolyotlar ham jalb qilingan. 5 soatlik urinishlardan so‘ng olov qurshab olingan.

«Crocus City Hall»ning hojatxonasida 10 dan ziyod insonning jasadi topilgan. Otishma chog‘ida tomoshabinlarning bir qismi hojatxonaga yashiringan. Ular 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, qutqarishlarini so‘rashgan. Hojatxonaga yong‘in tutuni kirib, ular nafas olishga qiynalib vafot etishgan.

Voqea joyida 50 dan ziyod tibbiy tez yordam brigadasi ishlagan. 23 mart soat 8:30 dan boshlab jabrlanuvchilar uchun qon va uning tarkibiy qismlari qabul qilina boshlashi e’lon qilingan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati