Ansu Fati kelasi mavsumni ham APLda o‘tkazish ehtimoli bor

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 05:04
Ansu Fati yozda "Barselona"ga qaytishi dargumon.

Diario Sport xabariga ko‘ra, moliyaviy muammolar tufayli "blaugrana" katta ehtimol bilan vingerni kelasi mavsumga qaytarishni istamaydi va "Brayton" bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi futbolchiga ishonadi va u bilan ishlashni davom ettirishga arziydi, deb hisoblaydi.

Ta’kidlanishicha, italiyalik mutaxassis hattoki 21 yoshli futbolchini bir necha bor kechki ovqatga taklif qilgan. Italiyalik mutaxassis futbolchi o‘z salohiyatini yuzaga chiqarishga ishonadi.

Qayd etilishicha, De Zerbi “Brayton”ni tark etsa, Fatini keyingi jamoasiga taklif qilishi mumkin.

Joriy mavsumda vinger APLda 15ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati