«Bu shunchaki dahshat!» — Teraktdan omon qolgan ayol nima bo‘lganini so‘zlab berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 02:30
Rossiyaning Moskva viloyatidagi «Crocus City Hall»da konsert zalida sodir etilgan teraktni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan guvoh voqea qanday bo‘lgani haqida gapirib berdi.

«Avvaliga odamlar tez yugura boshlashdi, qandaydir g‘alati shovqinlar eshitildi. Keyin men odamlarga quroldan o‘q uzayotgan erkaklarni ko‘rdim...

Ular [odamlar] tezroq chiqish eshigiga intilishdi, u yerdagi qo‘riqchilar ularni sumkalarini va chiptalarni tekshirishdi.

Shu payt men eskalatorda ketayotgan edim. Jonimni saqlash uchun hojatxonaga yugurdim, u yerda tumonat odam bor edi», - dedi ayol.

Uning qo‘shimcha qilishicha, boshlangan yong‘in tufayli bino ichida harakatlanish qiyin bo‘lgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati