Terakt sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxslarga nisbatan qidiruv e’lon qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 01:54
Rossiyaning Moskva viloyatidagi «Crocus City Hall»da konsert zalida sodir etilgan teraktga aloqador shaxslar qidiruvga berildi.

Terakt guvohlarining guvohlik berishicha, hujumchilar «osiyoliklar va Kavkaz aholisi»ga o‘xshab, rus tilida emas, balki chet tilida muloqot qilishgan.

Ma’lum qilinishicha, xunrezlikda gumon qilinayotgan shaxslar Ingushetiya fuqarolari: Amirxon Gurajev, Adam Ozdoyev, Suroyev Zelimxon.

Shuningdek, Tver viloyatining davlat raqamlariga ega oq rangli «Renault» mashinasi qidirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, terakt natijasida 40 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq kishi jarohatlangan. Rossiya Tergov qo‘mitasi terakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati