• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bayonoti: Hozirda jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmagan

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bayonoti: Hozirda jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmagan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 01:12
O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi bayonoti

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Moskva viloyatidagi Crocus City Hall savdo markazida ro‘y bergan portlash va otishma oqibatida ko‘plab qurbonlar bo‘lgani, natijada tinch aholi vakillari jabrlangani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u hissi bilan qabul qildi.

Elchixona qabul qiluvchi davlat huquq-tartibot idoralari bilan yaqin aloqada. Hozirda jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, shuningdek, barcha jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini izhor qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xotirjamlikka va xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqiramiz. Agar kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo‘limining call-markaziga: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76.

Elektron pochta manzillari: uzkorus@mail.ru‌‌


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati