Rossiyadagi vatandoshlarimizga tezkor muhim tavsiyalar!

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-03-2024, 00:12
Krokus Siti Xolldagi terakt yuzasidan Moskvadagi muhojirlarimizni ogohlikka chaqiramiz.

Telefoningizni quvvatiga e’tiborli bo‘ling. Yaqinlaringizga yashab turgan joyingiz va sheriklaringiz haqida ma’lumot berib qo‘ying.

Hujjatlaringizni oldingizda olib yuring. Krasnogorskda yoki Krokuss Siti Xoll majmuasi yonida yashayotgan bo‘lsangiz, ko‘chaga zaruriyatsiz chiqmang.

Internet va mobil aloqa sekinlashgan bo‘lsa VPN` xizmatidan foydalanib, yaqinlaringiz bilan aloqada bo‘lib turing.

Telefoningizni begonalarga foydalanish uchun bermang. Ko‘cha-ko‘yda, jamoat transportlarida terakt voqeasini muhokama qilmang.

Eng muhimi, ayni vaqtda hech qanday Rossiya siyosatiga muholifatchi manbalarni kuzatishni tavsiya qilmaymiz. Terakt sababchilarining motivi aniqlashmaguncha ehtiyot choralarini ko‘rib qo‘yishingizni qat’iyan tavsiya qilamiz.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati