Shvesiya qiroli ABBA guruhini taqdirladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 23:54
Shvesiya qiroli Karl XVI Gustav ABBA guruhi a’zolarini Vasa ordeni bilan taqdirladi.

Ma’lum bo‘lishicha, qirol o‘z fuqarolarini taqdirlovchi eng oliy mukofotni 1975 yildan beri hech kimga topshirmagan. Qirol tomonidan ABBA gurug‘ining shved va xalqaro musiqa madaniyatiga qo‘shgan hissasi yuksak mukofotga loyiq topildi.

Risarlik ordenlari mashhur to‘rtlik: Anni-Frid Reyss, Benni Andersson, Byorn Ulveus va Agneta Feltskogga topshirildi.

Mashhur shved guruhiga 1972 yilda asos solingan va guruh tomonidan yaratilgan afsonaviy xitlar, yarim asrdirki, butun dunyoda tinglab kelinmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati