Real Milan darvozaboniga qiziqmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 23:48
Ispaniyaning "Real" jamoasi Italiyaning "Milan" klubi darvozaboni Mayk Menyanga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda "Fichajes" xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar kelasi yozda shartnomasi tugaydigan Andrey Luninning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilganicha yo‘q. Shuningdek, yaqinda xochsimon bog‘lamini uzib olib, tuzalish bilan band bo‘lgan Tibo Kurtua to‘liq tiklana oladimi yoki yo‘qmi, noma’lum. "Real" shu yozda Menyanni sotib olishi mumkin.

Mayk Menyan joriy mavsum "Milan" safida 37 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 46 ta to‘p olib chiqdi, 14 ta o‘yinda esa gol o‘tkazib yubormadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati