Mamlakat prezidentidan bir sumka pul

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 23:46
Tanzaniyaning «Simba» klubi Afrika Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqdi va bu natija butun mamlakatda munosib baholandi.Jumladan, Tanzaniya prezidenti Samiya Suluhning shaxsan o‘zi jamoa a’zolarini tezkor ravishda alohida rag‘batlantir.«Simba» klubi boshlig‘i Salim Abdulla Afrika Chempionlar Ligasi chorak final yo‘llanmasi rasmiylashtirilganidan keyin natija uchun mukofot tariqasida mamlakat prezidenti tomonidan ajratilgan pulni zudlik bilan tarqatish uchun barcha futbolchilarni kiyinish xonasida to‘pladi. Xullas, Botsvananing «Gvaneng Geleksi» klubini 6ta gol farqi bilan yengish asnosida guruh bosqichida ASEK (Kot-d`Ivuar)dan keyin 2-o‘rinni rasmiylashtirgan «Simba» vakillari o‘z o‘rnida mukofot puli olishdi. Ta’kidlanishicha, Tanzaniya prezidenti Samiya Suluh tomonidan ajratilgan mukofot pulini jamoaga mamlakat sport vaziri Damas Ndumbaroning shaxsan o‘zi yetkazgan. U o‘yin yakunlangach, kiyinish xonasiga tushib, milliy banknot bilan liq sumkani jamoa rahbariga topshirgan. aniqlanishicha, «Simba»ga ajratilgan bir sumka mukofot puli 500 million Tanzaniya shillingi (chamasi 197 ming dollar)ni tashkil qiladi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati