G‘azolik 50 nafar bola davolanish uchun Kolumbiyaga olib kelinadi
- Жанр: Salomatlik
- Смотрели: 17
- Формат: mp4
- Дата релиза: 23-06-2024, 08:42
Vazirning qayd etishicha, mamlakatga olib kelingan falastinlik bolalar harbiy gospitalda davolanadi. Unga ko‘ra, bolalar Misr orqali mamlakatga olib kelinadi.
“Maqsad Kolumbiyaga G‘azo sektoridagi hujumlar natijasida yaralangan yoki nogiron bo‘lgan 35 dan 50 gacha bolalarni olib kelish. Biz ularni hamrohlari bilan bu yerda 6 oygacha joylashtirmoqchimiz. Keyin ular yana Misrga yetkaziladi”, — dedi Kolumbiya TIV rahbari.
Murillo, bu borada Misr va Iordaniya tashqi ishlar vazirlaridan kerakli yordamni olganini qayd etdi.
“Biz ularning (bolalar) tiklanishiga hissa qo‘shadigan protez va boshqa jihozlarni tayyorlayapmiz. Hozircha sizga aniq kelish sanasini ayta olmayman, lekin biz jiddiy yutuqlarga erishdik. Prezident Gustavo Petro allaqachon kerakli buyruqlarni bergan”, dedi u.
Kolumbiya boshqa mamlakatlarni G‘azo sektoridagi bolalarni davolashga hissa qo‘shishga undash uchun barcha sa’y-harakatlarini qilmoqda, deya qo‘shimcha qildi Murillo.