Biologik faol qo‘shimchalar davolovchi xususiyatga ega emas! — SSV

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 53
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 23:14

So‘nggi paytlarda esa internet tarmog‘ida qandli diabet va uning asoratlaridan xalos etishi va’da qilinayotgan biologik faol qo‘shimchalarning reklamasi avj olyapti.



Bugun ijtimoiy tarmoqlarda turli kasalliklarni davolashi aytilayotgan biologik faol qo‘shimchalar va tabiiy giyohlarning reklamasi keng tarqalmoqda.

Xususan, yaqinda ozish uchun mo‘ljallangan, realizasiya qilish va saqlash taqiqlangan mahsulotlarning ro‘yxati e’lon qilingan edi.

So‘nggi paytlarda esa internet tarmog‘ida qandli diabet va uning asoratlaridan xalos etishi va’da qilinayotgan biologik faol qo‘shimchalarning reklamasi avj olyapti.
— Diabetning ikki turi mavjud bo‘lib, birinchisi, organizmda insulin yetarli darajada ishlab chiqarilmasligi, ikkinchisi esa hujayralarning insulinga sezuvchanligi pasayishi natijasida paydo bo‘ladi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari Sevara Faxrutdinova. — Qandli diabetga chalingan insonlarga asosan insulinoterapiya, ayrim hollarda vitaminoterapiya tayinlanishi mumkin.
Qolaversa, bunday bemorlar sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi, jismonan faol bo‘lishi va qonda qand miqdorini kamaytiruvchi dorilarni muntazam qabul qilishi lozim.
Diabetning ikki turini ham davolash jarayoni kompleks yondashuvni talab etib, u biologik faol qo‘shimchalar yordamida olib borilmaydi.
Umuman olganda, biologik faol qo‘shimchalar inson organizmining fiziologik holati barqaror bo‘lmagan hollarda uning funksional faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular hech qanday davolovchi xususiyatga ega emas.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati