AQShning Sharlotta shahrida o‘zbek palovi tayyorlanmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 23:08
AQShning Shimoliy Karolina shtati Sharlotta shahrida ilk marta o‘zbek palovi sotila boshlandi.

Charlotte Magazine jurnalining yozishicha, buni 27 yoshli Sarvar Nazir yo‘lga qo‘ygan. Sobiq kimyo muhandisi shaharning Saut-End tumanida taomlarni olib ketish uchun mo‘ljallangan restoran ochib, palovni menyudagi asosiy taom deb belgilagan.

Mahalliy nashrga ko‘ra, oxirgi yillarda Sharlottada o‘ziga xos kulinariya tajribalari ketyapti, turli millatlar va elatlarning oshxonalari ochilyapti.

“Markaziy Osiyo taomi shaharda o‘zining doimiy iste’molchilarini topa oladimi? Nazirda bu savolga javob yo‘q. U ko‘p bo‘lmagan tajribasiga – osh pishirishni bobosidan o‘rgangan – va umidlariga tayanib ish yuritayotganini tan oladi”, – deya yozadi jurnal.

“Biz hozircha bozorda tajriba qilib ko‘ryapmiz, qani ovqatlarimiz odamlarga yoqarmikan-yo‘qmikan. Ikki, uch, to‘rt oy ishlab ko‘rmoqchiman, keyin ishlar qanaqa ketayotganiga qarab bir to‘xtamga kelamiz”, – degan Nazir nashr muxbiri bilan suhbatda

Shuningdek, Nazir onasi bilan birgalikda manti ham pishiryapti. Restoranda o‘zbek milliy taomlari bilan birga achi-chuchi salat hamda bodring va rediskali salat ham taklif etiladi.
Iqtisodchi Otabek Nazirov so‘nggi yillarda O‘zbekistonda bir nechta davlat idoralarida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgani bilan o‘zbek jamoatchiligiga tanish.
“Kelgusida ko‘plab shoxobchalar ochish niyatim bor. Amerikaliklar o‘zbek taomlarini bilishlarini va har-har zamonda iste’mol qilib turishlarini xohlayman”, – deydi tadbirkor Sarvar Nazir.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati