Xoland: Sitida dunyoning eng yaxshi futbolchilari ko‘p

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 23:04
"Manchester Siti" yulduzi Erling Xoland "Arsenal" futbolchisi Martin Edegorni maqtab, "Man Siti"ni yanada yaxshiroq jamoaga aylantirishini tan oldi.

Ikkala futbolchi ham Norvegiya sharafini xalqaro miqyosda himoya qiladi va ayni damda Chexiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etmoqda.

Ular so‘nggi ikki mavsum davomida Premyer-liga chempionligi uchun kurashda ham raqib bo‘lishdi.

"APLdagi raqiblarimiz tarkibida yaxshi o‘yinchilar bor. Jumladan, Edegor endigina yangi shartnoma imzoladi, u avval "Siti"da o‘ynagandi, ammo "Siti"da dunyoning eng yaxshi futbolchilari ko‘p", – dedi Xoland.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati