Mbappe: Atrofdagi gaplar meni xavotirga solmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 22:54
"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe OAV atrofidagi gaplar haqida gapirdi.

"Menga tashqi shovqin ahamiyati yo‘q, bor e’tiborim keyingi o‘yinga qaratilgan. Oxirgi o‘yinlarda samarali harakat qildim va jamoamga foyda keltirdim. Bu mening asosiy maqsadim - muhim uchrashuvlarda o‘z hissamni qo‘shish. Garchi men odamlarning bu barcha suhbatlarini ko‘rsam-da, men ular uchun javobgar emasman", - dedi Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, OAV xabariga ko‘ra, 25 yoshli forvard kelasi yozda fransuz klubini tark etadi. Uning "Real"ga o‘tishga yaqin qolgani xabar qilingandi. Mbappening o‘zi avvalroq faoliyatini qayerda davom ettirishini hali hal qilmaganini aytgan edi. Fransiya chempionatining joriy mavsumida Mbappe 24 uchrashuvda 24 ta gol urdi. Uning "PSJ" bilan shartnomasi kelasi yil yozida tugaydi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati