Laporta: Hozir hech qanday murabbiy bilan muzokara olib bormayapmiz

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 22:14
Joan Laporta "Barselona" hech qanday murabbiy bilan muzokara olib bormayotganini aytdi.

"Menga Luis Enrike juda yoqadi, uning xarakteri bor, u juda yaxshi, juda mustaqil inson, menga shunday odamlar yoqadi. Lekin biz Luis yoki boshqa birov bilan muloqot qilmadik, chunki biz Xavini hurmat qilamiz.

Siz aytasiz: mayli, qaror qabul qilindi, bu haqda barcha murabbiylarning agentlari aytib berishyapti. Men javob beraman, kim "Barselona"ga o‘tishni xohlasa, oxirgi daqiqagacha kutishi kerak, chunki Xavi qaror qabul qilmaguncha, biz hech narsaga tegmaymiz.

Agar u ketishga qaror qilsa, "Barselona"ga o‘tishni chindan ham hohlaganlar kutishga to‘g‘ri keladi. Va ular kutishadi. Agar ular kutishmasa, hech narsa bo‘lmaydi", - dedi "Barselona" prezidenti.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati