• Главная
  • »
  • Salomatlik
  • »
  • Mutaxassis: Cho‘milish havzalaridagi ifloslangan suv jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi!

Mutaxassis: Cho‘milish havzalaridagi ifloslangan suv jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi!

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-06-2024, 11:06
Yoz fasli kirib kelishi bilan ko‘pchilik jaziramadan qochish va salqinlanish maqsadida cho‘milish uchun ochiq suv havzalariga talpinadi. Suzishning organizm uchun foydali jihatlari ko‘p, albatta. Ammo suv havzalarida cho‘milish chog‘ida turli kasalliklarni yuqtirib olish xavfi mavjud.

❓ Xo‘sh, buning oldini olish uchun qanday qoidalarga amal qilish lozim?

????‍⚕️ Ushbu savolga Toshkent shahar 1-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi bosh shifokori Gulnoza Qurbonova javob berdi.

???? — Cho‘milish havzalaridagi ifloslangan suvda uchrashi mumkin bo‘lgan ichak tayoqchasi va enteroviruslar o‘tkir virusli ichak infeksiyalari, gepatit (A,E), ichburug‘, ichterlama, lyamblioz, salmonellyoz kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi, — deydi mutaxassis. — Bunday virus va bakteriyalar suvga insonning yuvilmagan qo‘llari, qusiq moddalari, qush yoki hayvonlarning najasi, hashoratlarning lichinkalari orqali tushadi.

???? 25-45 daraja issiqlik bakteriya va viruslarning ko‘payishi va uzoq yashashi uchun optimal harorat hisoblanadi. Shu bois yoz faslida kasallik qo‘zg‘atuvchilari suvda bir necha kundan bir necha oygacha saqlanishi mumkin. (https://telegra.ph/file/e8d5091f90493aa23baed.jpg)

???? Xastalik belgilari taxminan 12-48 soat oralig‘ida holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, tana haroratining ko‘tarilishi, ich ketishi, qorin dam bo‘lishi kabi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi.
???? Ochiq suv havzalarida cho‘milish vaqtida turli zamburug‘li infeksiyalar tufayli dermatit va boshqa teri kasalliklarini ham yuqtirib olish mumkin.
???? Ifloslangan suvdagi bakteriya va viruslarning ko‘z shilliq qavatiga tushishi esa kon’yunktivit yoki keratitga olib keladi.
‼️ Suv havzalarida cho‘milish vaqtida shu kabi kasalliklarga chalinish xavfini kamaytirish uchun bir qancha qoidalarga rioya qilish kerak.
❌ Avvalo, cho‘milish taqiqlangan, ifloslangan, tekshirilmagan va notanish suv havzalariga tushmaslik lozim. Ruxsat etilgan joylarda cho‘milganda ham suvning ko‘z, burun va og‘izga tushishidan saqlanish muhim. Agar tanada ochiq yaralar bo‘lsa, cho‘milishdan tiyilgan ma’qul.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati