Inter Bavariya futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 21:56
"Inter" "Bavariya" himoyachisi Kim Min Chjega qiziqmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, Franchesko Acherbi sotilgan taqdirda va Stefan de Vrayning beqaror o‘yini fonida milanliklar himoya markazini kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Ularga shunchaki rotasiyachi emas, himoyaviy yetakchiga aylanadigan futbolchi kerak.

Agar milanliklarda imkoniyat bo‘lsa, "Bavariya" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Inter" janubiy koreyalikni "Fenerbaxche"da o‘ynagan kunlaridan beri kuzatib borishadi.

"Bavariya" uni sotishga tayyor emas, ammo ijaraga olish imkoniyatini istisno qilmagan. Qayd etilishicha, kelishuv ikki yil avval Romelu Lukaku borasida "Chelsi»" bilan tuzilgan shartnomaga o‘xshash bo‘lishi mumkin.

Kris Smolling (“Roma”) va Konstantinos Mavropanos (“Vest Xem”) muqobil variantlar sifatida ko‘rsatilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati