• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Farg‘ona shahrida “Aqlli shahar” va “Aqlli transport” texnologiyalari tajriba tariqasida joriy etilmoqda

Farg‘ona shahrida “Aqlli shahar” va “Aqlli transport” texnologiyalari tajriba tariqasida joriy etilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 21:54
Uchrashuvda xitoylik ishbilarmonlar tomonidan sanoat, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi va turizm sohasi bo‘yicha Farg‘onada kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyihalar bo‘yicha fikr almashildi.

Deng Bo yurtimizda nishonlanayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘z tabriklarini bildirdi. Bu galgi tashrif davomida viloyatda yirik Xitoy sanoat parki tashkil etish, uning tarkibida avtomobilsozlik, Xitoy sanoat kompaniyalarining, shu jumladan, avtomobilsozlik korxonalarining ishlab chiqarishlarini yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida viloyatda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Xitoyga eksport qilish, farg‘onalik tadbirkorlarga Xitoyda o‘z bozorini topishga ko‘maklashish, turizm sohasi bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqish maqsad qilinganini qayd etdi.

Viloyat hokimi har bir bildirilgan taklif Farg‘ona iqtisodiyoti uchun ahamiyatli ekanini ta’kidlab, ularni qo‘llab-quvvatlashga, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuvda muhokama qilingan hamda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olingan barcha masalalar yuzasidan ikki hudud qo‘shma “Yo‘l xaritasi”ni tayyorlash hamda uning asosida hamkorlikni kengaytirib borishga kelishib olindi.

Uchrashuvda Farg‘onada Chendu savdo uyi ochilgani ham ma’lum qilinib, Deng Boga uning ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqidagi guvohnoma topshirildi. Bu orqali yangi bozorlarga kirib borish bo‘yicha hamkorlikda ish tashkil qilinadi. Chendu shahrida Farg‘onaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasini tashkil qilish uchun joy ajratilgani ham ta’kidlandi.

Shu o‘rinda qayd etib o‘tish lozimki, Chendu shahri ishbilarmonlari bilan hamkorlikda Farg‘ona shahrida “Aqlli shahar” va “Aqlli transport” texnologiyalarini tajriba tariqasida joriy etishga kirishilgan. Bugungi kunda loyiha ishlari yakunlanib, amaliy ishlar bosqichiga o‘tilgan. Ushbu tajribadan samarali natija qo‘lga kiritilsa, uni butun viloyat bo‘yicha joriy etish rejalashtirilgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati