• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo bo‘yicha rezolyusiyasi loyihasiga veto qo‘ydi

Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo bo‘yicha rezolyusiyasi loyihasiga veto qo‘ydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 21:30

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Rossiya va Xitoyning veto qo‘yganligi sababli AQShning G‘azo sektori bo‘yicha rezolyusiya loyihasini qabul qilmadi.

Rezolyusiya loyihasi AQSh tomonidan taqdim etilgan. Rossiyaning tashkilotdagi doimiy vakili Vasiliy Nebensining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni hujjatda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha aniq da’vat yo‘qligi sababli shunday qarorga kelgan. Hujjatni qabul qilish uchun Xavfsizlik kengashining 15 a’zosidan 11 nafari ovoz berdi.

Janob Nebenzi so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni «noaniq formulalar va falsafiy parchalarni» taklif qilgan. «Bizning barcha izohlarimiz va qizil chiziqlarimiz, bir qator boshqa delegasiyalarning takliflari kabi qayta-qayta e’tibordan chetda qoldi. Bu hujjat ustidagi oddiy ish emas, bo‘shlik bilan qandaydir suhbat edi», — dedi diplomat.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati