APLning to‘rtta yetakchi klubi Real bilan bog‘landi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 18
- Формат: mp4
- Дата релиза: 22-03-2024, 20:56
Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, 23 yoshli Rodrigoga Angliya Premyer-ligasining to‘rtta top klubi - "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Liverpul" va "Arsenal" qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, ushbu klublarning barchasi Rodrigoning holidan xabar olish uchun allaqachon "Real" bilan bog‘lanishgan.
Transfermarkt Rodrigoni 100 million yevroga baholamoqda. 2023/2024 yilgi mavsumda braziliyalik futbolchi 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.