Respublikaning barcha viloyat markaziy shaharlaridagi havo ifloslanishi reytingi taqdim etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 20:52

O‘zgidromet 20 mart holatiga respublikaning 12 ta shahar atmosfera havosi sifati to‘g‘risidagi byulletenni taqdim etdi.

"Zamin fond" ko‘magi yordamida endilikda barcha viloyat markazlariga o‘rnatilgan havo ifloslanishini monitoring etuvchi avtomat stasionar post ma’lumotlari asosida siz markaziy shaharlarda sutkalik havo ifloslanish natijalarini solishtirishingiz mumkin.

20 mart holatiga Navoiy shaharda mayda dispers chang zarrachalari eng yuqori bo‘lgan. Andijonda ham PM-2,5 mayda zarrachalari miqdori yuqori qiymatlarni uzatgan.

Vodiyning ikki yirik shahri Namangan va Andijonda havoni ifloslantiruvchi boshqa moddalar uglerod oksidi, azot oksidi va azot dioksidi ingradiyentlarining boshqa shaharlardagi qiymatlardan sezilarli yuqoriligi e’tiborni jalb etadi.

Shunga qaramay, 20 mart kuni barcha shaharlarda sutkalik havo ifloslanish SanPiN me’yorlaridan past bo‘lgan. Faqat Navoiy shahrida RM-10 mayda zarrchalar ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘lgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati