Rossiya vaksinalarining nojo‘ya ta’siri sezilmadi — Nurmat Otabekov

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-06-2024, 17:56
O‘zbekiston hukumati Rossiyadan kelayotgan vaksinalarga ishonadi va ularni, xususan, gripp va O‘RVIga qarshi vaksinalarni xarid qilishni davom ettirishga tayyor. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov aytib o‘tdi.



«Biz vaksinani odatda Rossiya Federasiyasidan gripp va O‘RVI mavsumiy kuchayishidan oldin sotib olamiz... Rossiya Federasiyasi vaksinalariga ishonamiz», dedi Otabekov “Sputnik O‘zbekiston” matbuot markazida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani chog‘ida.



Otabekovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda gripp va O‘RVIga qarshi emlash epidemiya kuchayishi boshlanishidan bir yarim-ikki oy oldin amalga oshiriladi.


«Biz Rossiya Federasiyasidan epidemik ko‘rsatkichlar bo‘yicha vaksinalarni osongina sotib olishimiz mumkin», dedi u.

Ma’lumot uchun, koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston hukumati ikki turdagi vaksinalarni ham sotib olgan - Sputnik V va Sputnik Layt.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati