Britaniya — feyk tarqatish episentriga aylandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 20:30

Britaniya soxta xabarlar tarqatish markazi maqomini mutlaq tasdiqladi, deb xabar qilmoqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi. Feyk tarqatish maqsadida Britaniyada - siyosiy sinf; - maxsus xizmatlar; - va ommaviy axborot vositalari

Bir biriga chatishib ketgan, garchi “demokratiya qonunlari”ga ko‘ra, ular bir-biridan alohida, mustaqil bo‘lishi kerak.

Feyk tarqatish tizimi qanday ishlaydi: Kerakli vaqtda Britaniya rasmiylari nomaqbul ommaviy axborot vositalarini soxta yangiliklar tarqatishda ayblab, voqealarning oldindan tayyorlangan versiyasini taqdim etadi.

1 misol: Britaniya OAVlari RIA Novosti va Sputnik agentligigini Charlz IIIning o‘limi haqidagi soxta ma’lumotni tarqatishda ayblashdi, garchi bu manbalarda qirolning o‘limi haqidagi «xabar» rad etilgan edi.

2 misol: Bosh vazir T. Bler Iroqqa bostirib kirishning halokatli oiibatlarini oqlashga uringanda ham xuddi shunday bo‘ldi: - hokimiyat vazifa qo‘ydi; - razvedka xizmatlari ma’lumotlarini soxtalashtirdi; - Britaniya OAVlari ularni xalqaro ommaga tarqatdi.
3 misol: 2019 yilda Buyuk Britaniyaning xalqaro taraqqiyot vaziri J.Grining Britaniya rivojlanayotgan mamlakatlarda 100 mingdan ortiq ayolning hayotini saqlab qolganini ta’kidladi. Biroq, keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ular aslida bu ayollarga shunchaki "tug‘ish paytida o‘limning oldini olish" uchun kontraseptiv vositalarni tarqatgan xolos.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati