Varan Infantinoni irqchilikka qarshi kurashga chaqirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 20:18
Rafael Varanning aytishicha, irqchilikka qarshi kurashda so‘zlar yetarli emas.

Avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino FIFAning navbatdagi kongressida irqchilikka qarshi kurashni kuchaytirish choralarini ko‘rishga chaqirgan edi. Infantino FIFAning irqchilikni yo‘q qilishga sodiqligini ta’kidladi.

“Manchester Yunayted” himoyachisi Rafael Varan bunga javoban bu so‘zlar yetarli emasligini aytdi. Himoyachi muammoni hal qilish uchun aniq chora ko‘rish kerak, deb hisoblaydi.

"Harakatlar so‘zlardan ko‘ra balandroq gapiradi. Muxlislarning bizdan umidlari katta bo‘lganidek, futbolchilar ham rahbarlarimizdan o‘z kuchlarini yaxshilik uchun ishlatishlarini kutishadi.

Biz diqqat bilan kuzatamiz va o‘zgarishlar bo‘yicha chora ko‘rishga umid qilamiz", — deb yozdi Varan ijtimoiy tarmoqlarida.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati