Inyesta Yaponiyada soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 19:54
Andres Inyesta soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanmoqda.

Yaponiya soliq idoralari "Vissel Kobe"ning sobiq futbolchisi Andres Inestadan mamlakatda bo‘lgan vaqtida o‘z daromadlarini deklarasiya qilmagani uchun 580 million iyen (taxminan 3,5 million yevro) talab qilmoqda, deb xabar bermoqda Yaponiya OAVsi.

NHK nashri xabar berishicha, Kobe shahri ustidan yurisdiksiyaga ega bo‘lgan Osaka mintaqaviy soliq byurosi Inyesta "Vissel Kobe" bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha taxminan 860 million iyen (taxminan 5,2 million yevro) miqdorida deklarasiya qilinmagan daromadni qoldirganini aniqladi. Andreas 2018 yil iyulidan 2023 yil iyuligacha bo‘lgan davr mobaynida soliq to‘lamaganlikda ayblanmoqda.

Yaponiya rasmiylarining fikricha, 39 yoshli Inyesta Yaponiyada istiqomat qilgan, chunki bu davrda u oilasi bilan Kobe shahrida madaniyat elchisi bo‘lgan.

Natijada, Yaponiya soliq idorasi hozirda BAAning "Emireyt" klubida o‘ynayotgan "Barselona"ning sobiq futbolchisidan yig‘ilgan qarz uchun penyalar bilan birga 580 million iyen talab qilmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati