Isroil havo hujumida 8 falastinlik halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 19:48
Isroilning G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga uyushtirgan havo hujumida 8 nafar tinch aholi halok bo‘ldi. Bu haqda Falastinning WAFA rasmiy axborot agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, hujum qurbonlari orasida uch ayol va uch bola ham bor.

Voqea sharqiy Rafah chekkasida — An-Nasrda sodir bo‘lgan.

Isroilning 7-oktabrdan beri davom etayotgan tajovuzi natijasida G‘azo sektorining 2,3 millionlik aholisidan 1,9 millionga yaqin kishi uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Ko‘chirilgan falastinliklarning aksariyati Isroil avvalroq «xavfsiz hudud» deb da’vo qilgan Rafahga boshpana topdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati