Luis Enrike: Xavi Simons PSJ uchun ajoyib variant bo‘lishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 19:02
"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Germaniyaning "RB Leypsig" klubida ijara asosida o‘ynayotgan jamoaning hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons haqida gapirdi.

“U ijarada ajoyib ishlarni qiladigan yana bir marvariddir. U eng yaxshi iste’dod egasi. Xavi bizning g‘oya va uslubimizga juda mos keladi va "PSJ" uchun ajoyib variant bo‘lishi mumkin. Albatta, uning kelajagi klub qaroriga bog‘liq bo‘ladi", - deya Enrike so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano.

20 yoshli Xavi Simons joriy mavsumda “RB Leypsig” safida barcha turnirlarda 36 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati