O‘zbekiston kubogi. Saralash o‘yinlari 1-aprel kuni o‘tkaziladi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 15
- Формат: mp4
- Дата релиза: 22-03-2024, 18:40
Liga saralash uchrashuvlarini 1 aprel kuni Toshkent shahridagi 2 ta sun’iy maydonda o‘tkazadi va unda 12 ta jamoa 6 juftlikka ajratiladi. 28 mart kuni qur’a orqali mazkur juftliklarga aniqlik kiritib olinadi.
Saralashda Andijon, Namangan, Toshkent viloyati, Sirdaryo, Navoiy va Qoraqalpog‘iston futbol akademiyalari, shuningdek, Farg‘ona va Buxoro davlat universitetlari, “Chig‘atoy”, “Qumqo‘rg‘on”, “Qiziriq”, “Zomin” jamoalari ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, saralash bosqichida barcha jamoa faqat 1 tadan o‘yinda maydonga tushadi. Ularda g‘olibni asosiy vaqtda aniqlashning imkoni bo‘lmasa, navbat qo‘shimcha taymlarsiz penaltilar seriyasiga beriladi.