Endrik Chelsiga o‘tishi mumkin edi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 18:16
Endrikning agenti "Chelsi" hujumchi uchun kurashda "Real"dan oldinda ekanligini aytdi.

2022 yilning dekabrida Madrid klubi Endrikning "Palmeyras"dan 35+25 million yevroga transferini e’lon qildi. U klubga 2024 yilning yozida kelib qo‘shiladi.

"O‘ylaymanki, Neymar "Barselona"ga o‘tganidan keyin "Real" Vini yoki Endrik kabi yangi iste’dodlarni hech qachon boy bermaslikka qaror qildi.

Balki bu "Chelsi" uchun saboq bo‘lar, chunki ular dastlab uning uchun poygada yetakchilik qilishgan.

Bolaning ota-onasi Kobxemga (“Chelsi” bazasi) kelishdi va hayratda qolishdi, biroq “Chelsi” narxdan xavotirda edi. Keyin "Real Madrid" keldi va "Palmeyras" nimani xohlasa, madridliklar shuni to‘lashga tayyor edi. O‘sha paytda "Chelsi" uchun kelishuv deyarli imkonsiz bo‘lib qoldi.

Otam Endrikning futbolchi bo‘lib, "Real Madrid"ga o‘tishini xohlardi, shuning uchun u uchun bu juda katta miqyosdagi voqea edi.
Vini Endrik bilan ham gaplashdi, unga o‘z tajribasi haqida gapirib berdi va ba’zi kafolatlar berdi", — dedi Frederiko Pena.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati