Xitoy futbol assosiasiyasining sobiq vise-prezidenti 17 yilga qamaldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 17:46
Amaldorga 6,5 million AQSh dollari miqdoridagi davlat mulkini o‘zlashtirganlik aybi qo‘yilgan.

Xitoy futbol assosiasiyasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan sobiq amaldor Van Dengfeng ko‘p miqdorda pora olish va korrupsiya sodir etganlikda aylanib, 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Shuningdek, u 5 million yuan (taxminan 700 ming AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortildi. Bundan tashqari, uning pora sifatida olgan yoki nohaq orttirgan barcha noqonuniy daromadlari va foizlari musodara qilinib, davlat g‘aznasiga qaytariladi.

Sud qaroriga ko‘ra, u 2016 yil iyun oyidan 2022 yil avgustigacha Ta’lim vazirligi Jismoniy tarbiya, gigiyena va san’at ta’limi boshqarmasi raisi lavozimidan foydalanib, umumiy qiymati 46,7 million yuan (taxminan 6,5 million AQSh dollari) miqdoridagi davlat mulkini noqonuniy ravishda o‘zlashtirgani aniqlangan.

Avvalroq assosiasiyaning sobiq raisi Chen Syuyan sudda 11 million AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ni o‘zlashtirganini tan olgandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati