Messi jarohati tufayli MLSda ikkita o‘yinni o‘tkazib yuboradi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-03-2024, 17:32
Lionel Messi "Inter Mayami"ning MLSdagi keyingi ikki o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin. Son qismidagi jarohat tufayli hujumchi Argentina terma jamoasining mart oyidagi o‘rtoqlik o‘yinlariga chaqirilmadi.

Messi “Inter Mayami”ning MLSdagi navbatdagi ikkita o‘yinini: "Nyu-York Red Bulls" (23 mart) va “Nyu-York Siti” (31 mart)ga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.

Messi 3 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan KONKAKAF Chempionlar Kubogi doirasidagi "Inter Mayami" - "Monterrey" uchrashuvida maydonga qaytishi rejalashtirilgan.

Manbaga ko‘ra, Messining tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda va u allaqachon qisman maydonda mashg‘ulot o‘tkazgan. "Inter Mayami" Leoning Monterreyga qarshi o‘yinda optimal holatda bo‘lishiga ishonmoqda.

Messi joriy mavsum “Inter Mayami” safida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati